Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Saylov kodeksining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlandi

21 Oktyabr 2021, 05:10

843

IIV Akademiyasining Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi o‘tkazilgan tadbirda institut talabalariga saylov qonunchiligiga kiritilgan yangiliklar atroflicha tushuntirildi.

Aytib o‘tilganidek, dunyo amaliyotida saylov institutining ahamiyati tobora ortib bormoqda. O‘tgan yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Oliy Majlisga saylovlar, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga demokratik saylovlar bo‘lib o‘tdi. Saylov amaliyoti bilan birga, saylov qonunchiligi ham milliy va xalqaro andozalarga mos ravishda bosqichma-bosqich takomillashib bormoqda. Bu borada davlatimiz rahbari Oliy Majlisga yo‘llagan ilk Murojaatnomasida O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish tashabbusini ilgari surgan edi.

Mamlakatimizda qabul qilingan yangi kodeksda shu paytga qadar amalda bo‘lgan beshta qonun ­– “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”, “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar hamda qator qonunosti hujjatlari o‘zaro yaxlit tarzda bayon etildi. Qolaversa, kodeks saylov jarayoniga qator yangi mexanizm va texnologiyalarni qo‘llash imkonini beruvchi yangi normalar bilan to‘ldirildi.

Davra suhbatida kafedra boshlig‘i, polkovnik Sh.Mamadaliev, podpolkovnik M.Tojiboev, F.Dadajonova va boshqalar so‘zga chiqib, amaldagi kodeksning ustuvor jihatlariga to‘xtalib o‘tishdi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech