Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Salomatlik posbonlari şaraflandi

13 Noyabr 2026, 21:10

124

Tibbiyot va farmasevtika xodimlari kuni munosabati bilan Içki işlar vazirligi akademiyasida mehnat qilayotgan soha vakillariga ehtirom körsatildi.

Ta’lim muassasasi rahbariyati va şaxsiy tarkibi iştirokida ötgan tadbirda soğlikni saqlaş tizimida amalga oşirilayotgan keng qamrovli islohotlar e’tirof etildi.

Keyingi yillar içki işlar organlari tizimida xodimlar va ularning oila a’zolari salomatligini asraş, tibbiy xizmat körsatiş sifatini oşiriş, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaşga qaratilgan işlar yangi bosqiçga olib çiqilgani alohida ta’kidlandi.

Sohaning faoliyat samaradorligini oşiriş, şaxsiy tarkib örtasida soğlom turmuş tarzini mustahkamlaş, ularning hayoti va salomatligini muhofaza qilişda jonkuyar tibbiyot xodimlarining alohida örni borligi, şu bois şarafli kasb sohiblarining mehnatini qadrlaşga doimiy e’tibor ekanligi aytib ötildi.

Tadbir davomida bir guruh xodimlar vazirlik va akademiya rahbariyatining buyruği bilan munosib rağbatlantirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech