Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Qabul imtihonlari ötkazildi

16 Noyabr 2026, 20:07

170

12-13 noyabr kunlari Içki işlar vazirligi akademiyasida oliy ta’limdan keyingi ta’lim uçun qabul imtihonlari bölib ötdi.

Mustaqil izlanuvçilik, tayanç doktorantura va doktorantura bosqiçida öqiş istagida bölgan nomzodlar huquqşunoslikning 6 ta ixtisosligi böyiça imtihon topşirdi. Malakali mutaxassislar tomonidan har bir talabgorning bilim salohiyati va çet tilini biliş darajasi belgilangan talablar doirasida, xolisona va şaffof baholandi.

Eslatib ötamiz, akademiyaning ilmiy-tadqiqot faoliyati qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlaş, jinoyatçilikka qarşi kuraşiş, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlaş, huquqbuzarliklar profilaktikasi, şuningdek, kiberjinoyatçilik, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasi, uyuşgan jinoyatçilik va yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşiş sohalaridagi dolzarb muammolar yeçimiga qaratilgan ilmiy, fundamental hamda amaliy tadqiqotlarni qamrab oladi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech