Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Mahalladagi muhitdan aholi rozi bölişi kerak

16 Noyabr 2026, 19:17

142

Mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng qamrovli islohotlarning amaliy natijasi bevosita mahallalar hayoti bilan boğliq.

Şu bois, mahallalarda xavfsiz muhitni şakllantiriş, jinoyatçilikni jilovlaş, aholi osoyiştaligini ta’minlaşga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bu borada poytaxtimizning Şayxontohur tumanida ham tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Tumanga biriktirilgan Içki işlar vazirligi akademiyasi mas’ullari tomonidan har bir mahalladagi muhit örganilib, tegişli çora-tadbirlar belgilab olinmoqda.

Xususan, şu kungaça “Örda”, “Öqçi” mahallalarining kriminogen vaziyati ilmiy-amaliy yondaşuvlar asosida örganildi. Jinoyatçilik omillari tahlil qilinib, profilaktika işlari natijadorligini oşiriş yuzasidan mas’ullarga amaliy tavsiyalar berildi.

“Gulbozor”, “Boğ köça”, “Janggoh”, “Qoratoş”, “Xadra” mahallalarida aholi bilan bevosita muloqotlar taşkil qilinib, ularni qiynayotgan muammolar, oilalardagi maişiy muhit, yoşlar va xotin-qizlar masalalari, ijtimoiy profilaktika yönalişidagi işlarga e’tibor qaratildi.

“Çaqar”, “Taxtapul”, “Zafarobod”, “Şodlik” mahallalarini örganiş jarayonida “jinoyat öçoq”lariga barham beriş, kriminogen vaziyatni kunu tun nazorat qiliş, huquqbuzarlik sodir etişga moyil şaxslar bilan manzilli işlaş borasida muhim vazifalar belgilab olindi.

Şuningdek, işçi guruh vakillari tomonidan “Çorsu” bozori, “Taşkent City Mall” savdo markazi va boşqa aholi gavjum maskanlar, turar joylar atrofida yölga qöyilgan patrul-post hamda qöriqlaş xizmati faoliyati örganildi. Aniqlangan kamçiliklar asosida kuç-vositalarni oqilona taqsimlaş, ayrim hududlarga tungi yoritgiçlar örganiş, kuzatuv kameralarining soz holatda işlaşini ta’minlaş yuzasidan tavsiyalar berildi.

Bundan taşqari, “Janggoh”, “Çaqar”, “Şayxontohur”, “Boğ köça”, “Qoratoş”, “Xadra”, “Ibn Sino” va “Beltepa” mahallalarida aholi örtasida ijtimoiy sörov ötkazilib, bildirilgan takliflar asosida hududlarga qöşimça patrullik guruhlarini jalb qiliş, yoritiş va kameralaştiriş qamrovini oşiriş, aholi örtasida ta’sirçan huquqiy tarğibot tadbirlarini taşkil etiş böyiça qöşimça takliflar işlab çiqildi.

Ayni kunlarda mahallalarda xavfsiz muhitni şakllantiriş, aholi muammolarini örganiş, içki işlar organlarining faoliyat samaradorligini oşirişga qaratilgan örganişlar davom ettirilmoqda.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech