Inson huquqlarini ta’minlaş yangi Özbekiston siyosatining ustuvor vazifalaridan biri etib belgilangan. Mazkur yönalişda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar bugun mintaqa davlatlari va jahon hamjamiyatining doimiy e’tiborida bölmoqda.
Içki işlar vazirligi akademiyasida bölib ötgan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman “Ozodlikdan mahrum etiş joylarida inson huquqlarini ta’minlaş: Özbekiston tajribasi” mavzuiga bağişlandi.
BMTning giyohvand moddalar va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş boşqarmasi (UNODC)ning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Senati, Inson huquqlari böyiça vakili (Ombudsman) hamda Içki işlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etiş departamenti bilan hamkorlikda ötkazilgan anjumanni ta’lim muassasasi rahbari Rustam Xatamov oçdi.
Aytib ötilganidek, sönggi yillarda sohaga oid Özbekiston Respublikasining 8 ta qonuni, Prezidentimizning 10 ta farmon va qarori, şuningdek 20 dan ziyod normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, mahkumlar huquqlarini amalda kafolatlaşning samarali mexanizmlari yaratildi. Xususan, amaliyotga birinçi marta ozodlikdan mahrum etilgan şaxslarning pensiya va ijtimoiy suğurta oliş tartibi kiritildi. Ijtimoiy xavfi katta bölmagan va unça oğir bölmagan jinoyati uçun ozodlikdan mahrum etiş joylarida saqlanayotgan mahkumlarga saylovlarda iştirok etiş huquqi berildi. Homilador va uç yoşga tölmagan bolasi bor mahkuma ayollarga nisbatan bir qator qöşimça yengillik va huquqlar berildi.
Mahkumlarning yaşaş va ovqatlaniş, tibbiy xizmatdan foydalaniş, mehnat qiliş şaroitlari yaxşilandi. Har bir mahkumga öz şaxsiy xavfsizligini ta’minlaşni sörab muassasa yoki organga ariza (xabar) bilan murojaat qiliş huquqi berildi. Amaldagi qonunçilikka ozodlikni çeklaş hamda majburiy jamoat işlari tarzidagi yangi jazo çoralari kiritilib, ularni axloqan tuzatiş va ijtimoiy hayotga moslaştiriş böyiça profilaktik tadbirlar kuçaytirildi. Bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, qilmişiga çin dildan puşaymon bölib, tuzaliş yöliga qat’iy ötgan şaxslarga nisbatan afv instituti muntazam ravişda qöllanmoqda.
Ilmiy-amaliy anjumanda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Spikerining birinçi örinbosari Akmal Saidov, BMTning giyohvand moddalar va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş boşqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakili Aşita Mittal, Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili Feruza Eşmatova sözga çiqib, jazoni ijro etiş tizimida inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlaşning hozirgi holati, bu borada Özbekiston tajribasida erişilayotgan yutuqlar, istiqboldagi ustuvor vazifalar, Ombudsman huzuridagi milliy preventiv mexanizm doirasida amalga oşirilayotgan işlar, şuningdek mamlakatimizda inson huquqlari va manfaatlarini ta’minlaşda parlament, hukumat va fuqarolik jamiyati institutlarining amaliy hamkorligini mustahkamlaş masalalariga töxtaldilar.
Anjuman doirasida “Özbekiston Respublikasi jazoni ijro etiş tizimida inson huquqlari böyiça vakilning faoliyati”, “Ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlar xavfsizligini ta’minlaşning kriminologik muammolari”, “Yevropa penitensiar tizimlarining inson huquqlarini ta’minlaş böyiça tajribasi”, “Yangi Özbekiston strategiyasida mahkumlarning huquq va erkinliklarini liberallaştiriş” kabi mavzularda ma’ruzalar, Turkiya, Rossiya, Qozoğiston va Tojikiston davlatlari vakillarining fikr-mulohazalari tinglandi.
Ekspert va mutaxassislar tomonidan jinoyat-ijroiya qonunçiligini takomillaştiriş, ozodlikdan mahrum qiliş joylarida mahkumlarning huquq va erkinligi hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlaş, ularni axloqan tuzatişning samarali usul va şakllarini amaliyotga joriy qiliş, jazoni ijro etiş muassasasida tartibotni mustahkamlaş, xorijiy davlatlarning mazkur sohadagi ilğor tajribalarini örganişga qaratilgan taklif va tavsiyalar işlab çiqildi.
Konferensiya yakuni va natijalari böyiça ilmiy maqolalar töplamini çop etiş rejalaştirilgan.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati