Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Maqsad – hisobot uçun işlaş emas, aksinça mavjud ahvolni yaxşilaş

27 Yanvar 2022, 14:15

2928

Içki işlar vazirligi akademiyasi vakillari Qöqon şahridagi “Sunbula” mahallasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş va jinoyatçilikni jilovlaş böyiça manzilli işlarni amalga oşirdi.

Işçi guruhi tomonidan mahalla hududida qayd etilgan jinoyatlar ilmiy-amaliy yondaşuvlar asosida tahlil qilindi. Mahalla faollari, profilaktika inspektorlari iştirokida joylarga çiqilib, sodir etilgan har bir jinoyatga imkon berayotgan sabab hamda şart-şaroitlar muhokama qilindi. Çunonçi, 2021-yil davomida mahallada öğrilik, tan jarohati yetkaziş, talonçilik, bezorilik kabi jinoyatlar oşgani ma’lum böldi. Ularning aksariyati yirik savdo majmualari, aholi gavjum joylar va qöriqlovga olinmagan hududlarda sodir etilgan.

– Keyingi yillarda fuqarolar bilan işlaşning bir qator samarali mexanizmlari hayotga tatbiq etildi, – deydi işçi guruhi a’zosi, podpolkovnik A. Xudoyberdiyev. – Muammolar “mahallabay”, “xonadonbay” va “fuqarobay” yondaşuvlar asosida öz joyida hal qilinmoqda. “Sunbula” mahallasi faollari bilan uçraşuvlar çoğida kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir körsatayotgan omillar aniqlanib, ularning oldini oliş böyiça metodik yordam körsatildi.  

Darhaqiqat, inson qadri uluğlangan yurtimizda xalq bilan samarali muloqotni yölga qöyiş ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa odamlarning dardiga quloq soliş, ularni öylantirayotgan muammolarni öz vaqtida hal etiş, “raqamlar ketidan quviş” kabi eskiça yondaşuvlardan voz keçib, işni manzilli taşkil etiş degani. Qöqon şahar hokimligi, sektorlar, içki işlar organlari mutasaddilari, hududiy profilaktika inspektorlari va mahalla fuqarolar yiğinlari raislari iştirokida ötkazilgan yiğilişda ayni şu masala e’tibor markazida böldi.

Oçiq va tahliliy ruhda ötgan uçraşuvda “sariq” va “qizil” hududdagi mahallalarda profilaktik işlarni kuçaytiriş, jinoyatçilikning har qanday körinişiga barham beriş, bu borada “ilmiy diagnoz” asosida yaratilgan metodikani amaliyotda samarali tatbiq etiş, aholi orasida huquqiy-tarğibot tadbirlari maqsadli olib boriş orqali huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini oliş, “fuqarobay” tizimning ta’sirçanligini oşiriş va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantiriş kabi dolzarb masalalar yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech