“Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida o‘tayotgan “Vatanparvarlik oyligi” tizim xodimlarining kasbiy mahoratini yuksaltirishda muhim omil bo‘lmoqda.
Galdagi tadbirda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi xodimlarining jangovar tayyorgarligi sinovdan o‘tkazildi. Kadrlar bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilgan mashg‘ulotda shaxsiy tarkib a’zolari “Kalashnikov” va “Makarov” o‘qotar qurollarini qismlarga ajratib yig‘dilar. Sinov natijalari Harbiy tayyorgarlik kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan baholab borildi.
Oylik davomida yoshlarning harbiy-vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirishga qaratilgan turli tadbirlar, “ustoz-shogird” an’analari asosida “Uch avlod uchrashuvi”, ko‘rik-tanlov hamda sport musobaqalarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati