Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Manfaatli hamkorlik izçil rivojlanmoqda

17 Noyabr 2026, 21:57

90

Ta’lim sohasida hamkorlik Özbekiston – Xitoy aloqalarining muhim va istiqbolli yönalişlaridan biri hisoblanadi.

Içki işlar vazirligi akademiyasida Xitoy jamoat xavfsizligi universiteti vakillari uçun navbatdagi öquv kursi taşkil qilindi.

Maşğulotlar oldidan akademiya rahbari Rustam Xatamov hamda Yang Guanşeng boşçiligidagi universitet professor-öqituvçilari va talabalari iştirokida uçraşuv bölib ötdi.

Uçraşuvda Özbekiston – Xitoy aloqalarining bugungi holati, manfaatli sohalarda erişilayotgan natijalar haqida söz bordi. Ta’kidlanganidek, ikki tomonlama munosabatlarda özaro işonç ruhining ustuvorligi hamkorlik aloqalarini izçil rivojlantiriş va yangi sifat bosqiçiga olib çiqişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Keyingi yillarda global xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlaş, zamonaviy tahdid va xatarlarning oldini oliş, transmilliy jinoyatlarga qarşi kuraşiş, huquqni muhofaza qiluvçi tuzilmalar uçun kadrlar tayyorlaş yönalişida amaliy hamkorlik sezilarli darajada faollaşdi. Ikki mamlakat turdoş oliy ta’lim muassasalari örtasida manfaatli loyihalarni amalga oşiriş va ilğor tajribalarni almaşiş imkoniyati kengaydi.

Akademiya boşliği memorandum asosida taşkil etilayotgan öquv kurslari kadrlar salohiyatini oşiriş, zamonaviy yondaşuvlarni milliy ta’lim tizimiga joriy etiş, akademik mobillik va xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş, eng muhimi, döstona munosabatlarni mustahkamlaşga xizmat qilayotganini alohida ta’kidladi.

Şu kunning özida universitet vakillari akademiya faoliyati bilan yaqindan tanişdi. Mehmonlarga öquv jarayonlari, bakalavriat va magistratura bosqiçida yölga qöyilgan mutaxassislik yönalişlari, nazariya va amaliyot uyğunligini ta’minlaşga qaratilgan yangiça yondaşuvlar, ta’lim oluvçilar uçun yaratilgan imkoniyatlar, akademiyaning xalqaro hamkorlik aloqalari haqida ma’lumot berildi.

Xitoylik mehmonlar uçun taşkil etilgan öquv kurslari 28-noyabr kuniga qadar davo etadi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech