Içki işlar vazirligi akademiyasida navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi taşkil etildi.
Maşğulotda davlat va jamiyat taraqqiyotining duşmani sanalgan korrupsiya, uning ayançli oqibatlari, korrupsiyaviy holatlarning oldini oliş çoralari haqida söz bordi.
Yangi Özbekistonda ulkan islohotlar amalga oşirilayotgan hozirgi davrda korrupsiyaga qarşi kuraşiş davlat siyosatining eng ustuvor vazifalaridan biri ekanligi, jamiyat va davlat hayotining barça sohalarida korrupsiyaning oldini olişga qaratilgan tizimli çora-tadbirlar qonun ustuvorligini mustahkamlaşga xizmat qilişi ta’kidlandi. Huquqni muhofaza qiluvçi idoralar, binobarin, içki işlar organlari xodimlari fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qiliş orqali jamiyat farovonligini ta’minlaşlari, öz faoliyatlarini faqat va faqat qonun talablari asosida amalga oşirişlari lozimligi qayd etildi.
Tadbir Gogolning “Revizor” pesasi asosida sahnalaştirilgan spektakl namoyişi bilan davom etdi.
Özbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ijodiy jamoasi tomonidan tayyorlangan sahna asarida asosiy rollarni Murod Nasimov, Şohruxmirzo Abduqunduzov, Zavqiddin Qurbonov, Söğdiyona Mamadaliyeva va boşqa iqtidorli yoşlar ijro etişdi. Poraxörlik, manmanlik, nafsga qullik singari ğayriinsoniy illatlarning aççiq yumor orqali gavdalantirilgani tomoşabinlarda iliq taasurot qoldirdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati