Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Kiber makonda sodir etilayotgan jinoyatlarga qarşi kuraşiş: muammolar va yeçimlar

26 Fevral 2022, 17:07

21974

Bugungi kunda global axborot maydonida kiber makon bilan boğliq yangidan-yangi tahdidlar yuzaga kelmoqda. Şu bois virtual olamdagi hujumlardan himoyalaniş masalasi dunyo hamjamiyatini jiddiy taşvişga solmoqda.

Içki işlar vazirligi akademiyasida ötkazilgan ilmiy-amaliy konferensiya kiber makonda sodir etilayotgan jinoyatlarga qarşi kuraşişning dolzarb muammolariga bağişlandi. Anjumanda qator vazirlik, idora va taşkilotlar, huquqni muhofaza qiluvçi organlar vakillari, yetakçi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlaridan mutaxassislar, axborot texnologiyalari böyiça ekspertlar, şuningdek ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etdi.   

Anjuman avvalida Içki işlar vazirligi akademiyasi boşliği, polkovnik Rustam Xatamov söz olib, axborot xavfsizligini ta’minlaş va kiber jinoyatlarga qarşi kuraşişda yuzaga kelayotgan muammolar, sohani malakali kadrlar bilan ta’minlaş istiqbollari haqida töxtaldi.

Tahlillarga köra, dunyo böylab har yili 500 milliondan ortiq kiber hujumlar uyuştiriladi. Har soniyada 12 nafar insondan biri kiber makonda sodir etilgan hujumlar qurboniga aylanadi. Amerika Qöşma Ştatlari, Fransiya, Angliya, Germaniya, Belgiya, Luksemburg kabi rivojlangan davlatlarda jinoyatlarning 60-65 foizi kiber hujumlar orqali sodir etilmoqda. Özbekistonda ham sönggi uç yilda bu turdagi jinoyatlar 8,3 baravarga köpayib, hozirda umumiy jinoyatçilikning qariyb 5 foiziga yetgan. Xususan, noqonuniy bank-moliya operatsiyalari orqali özgalarning plastik kartadagi mablağlarini özlaştiriş, zararli viruslar tarqatiş, qimor va tavakkalçilikka asoslangan onlayn öyinlar, diniy aqidaparastlikka qaratilgan axborot xurujlari, onlayn savdo maydonidagi firibgarlik jinoyatlari köpayib bormoqda.  

Açinarlisi, axborot texnologiyalari yordamida huquqbuzarlik va jinoyatga qöl urgan şaxslar orasida yoşlar köpçilikni taşkil etmoqda. Respublikamizda virtual olamdagi qonunbuzilişlarning aksariyati 16-23 yoş oraliğidagi ösmir-yoşlar tomonidan sodir qilinmoqda. Bundan körinib turibdiki, kiberxavfsizlikni ta’minlaş masalasi bugun har qaçongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. 

– Mamlakatimizda axborot xavfsizligi masalasiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilib, kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşişning yangi yondaşuvlari amaliyotga joriy qilinmoqda, – dedi IIV Akademiyasi boşliği Rustam Xatamov. – Çunki virtual olamdagi jinoyatlarning zarari va xavfi real olamdagi tahdiddan oşib borayotganiga guvoh bölayapmiz. Bu borada “Kiberxavfsizlik töğrisida”gi yangi qonunning qabul qilinayotgani sohani davlat tomonidan tartibga solişga, mamlakatimiz axborot tizimlari va tarmoqlariga noqonuniy aralaşişning oldini olişga xizmat qiladi. 

Ilmiy-amaliy anjumanda içki işlar vazirining axborot texnologiyalari böyiça örinbosari Najmiddin Turaxodjayev, vazirlik Tezkor-qidiruv hamkorligi boşqarmasi Kiberxavfsizlik markazi boşliği Behzod Mamadjanov, Ekspert-kriminalistika boş markazi boşliği Saidolim Nuriddinov, Tergov departamenti boşqarma boşliği örinbosari Uluğbek Avilov, Respublika Markaziy banki boş eksperti Dilşod Ismailov, “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi boş mutaxassisi Farrux Husenov, Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti boşliği örinbosari Baxtiyorjon Rahimov, Axborotlaştiriş va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat böyiça davlat inspeksiyasi mutaxassisi Ma’mura Mamadjanovalar sözga çiqişdi.     

Ekspertlar tomonidan kiberjinoyatlarga qarşi kuraşişning zamonaviy tendensiyalari, internet tarmoği orqali sodir etilayotgan qonunbuzilişlarning oldini oliş, sohaning huquqiy asoslarini mustahkamlaş, axborot texnologiyalaridan foydalanib amalga oşirilgan jinoyatlarni kriminalistik tadqiq etiş, foş etiş va tergov qilişning öziga xos xususiyatlari, kiberxavfsizlikni ta’minlaşda davlat idoralari va xususiy sektorlar hamkorligini muvofiqlaştiriş borasida firk-mulohazalar bildirildi. Şuningdek xorijiy davlatlarning kiber jinoyatlarga qarşi kuraşiş sohasi böyiça malakali mutaxassislarini tajriba almaşişga jalb etiş, kiberxavfsizlikni ta’minlaşga qaratilgan çora-tadbirlar samaradorligini oşiriş, Içki işlar vazirligi akademiyasining imkoniyatlaridan foydalanib kelgusida uşbu turdagi jinoyatlarni foş etiş va tergov qiliş böyiça alohida ixtisoslik yönalişi taşkil etib, malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlaş yuzasidan takliflar örtaga taşlandi.   

Anjuman sönggida mazkur sohada özaro tajriba almaşişni yölga qöyiş va kadrlar salohiyatini rivojlantiriş maqsadida Içki işlar vazirligi akademiyasi Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki hamda Toşkent şahridagi Inha universiteti bilan hamkorlik memorandumlarini imzoladi. 

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech