Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

“Keksalarlar haftaligi”da içki işlar organlari faxriylari ham faol

4 Noyabr 2021, 17:56

2493

Içki işlar vazirligi akademiyasi mezbonlik qilgan uçraşuvga vazirlik Faxriylar kengaşining bir guruh faollari taklif etildi. Yoşlar bilan muloqot çoğida iste’fodagi general-mayor Habibullo Hojimatov, iste’fodagi polkovniklar Ğayrat Boltaboev, Akbar Jalilov, Avaz Azizxöjaev, Abduğofur Sattorovlar iştirok etdilar.

Tizim fidoiylarining e’tirofiça, yurtimizda yoşi uluğ insonlar hamişa yuksak e’zoz va ehtiromda bölib kelgan. Muhtaram Prezidentimizning ğamxörligi va inson manfaatlarini közlab amalga oşirayotgan ulkan islohotlari natijasida nuroniylar har tomonlama qöllab-quvvatlanib, ularning jamiyat hayotidagi ijtimoiy mavqei yanada oşirilmoqda.

Tadbirda içki işlar organlari faxriylari köp yillik xizmatlari davomida erişgan yutuqlari, maşaqqatlarga boy faoliyatlari, “ustoz-şogird” an’analarining tarbiyaviy jihatlari haqida sözlab berdilar. Keksalarni qadrlaş orqali unib-ösib kelayotgan yoş avlodni milliy an’ana va qadriyatlarimiz çuqur hurmat ruhida kamol toptiriş davlat siyosati darajasiga kötarilgani e’tirof etildi.

Şu kuni respublikamiz içki işlar organlari taşkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan çop etilgan “El-yurt osoyiştaligi generallari” kitobining taqdimoti ham bölib ötdi. Mazkur qöllanma mamlakatda tinçlik va osoyiştalikni ta’minlaş, jinoyatçilikka qarşi kuraşişga munosib hissa qöşgan fidoiy xodimlarning ibratli hayoti va faoliyatini yoşlarga yetkazişda muhim ahamiyat kasb etadi.

– Içki işlar organlarining şonli tarixini asrab-avaylaş, soha xodimlari va faxriylariningkelgusi avlodlarga namuna böladigan jasoratini, ona Vatanimiz tinçligi yölida aziz jonlarini fido qilgan hamkasblarimiz xotirasini abadiylaştiriş bugungi kunning muhim vaziflaridan biridir, Kitobni öqigan yurtdoşlarimiz Özbekiston içki işlar organlarining ana şunday generallari bilan faxrlanişi, şubhasiz, – dedi risola muallifi, iste’fodagi polkovnik A.Sattorov.      

 Eslatib ötamiz, haftalik doirasida IIV Akademiyasi rahbariyati taşabbusi bilan  soha faxriylarining holidan xabar oliş, ularni ma’naviy va moddiy qöllab-quvvatlaş böyiça manzilli tadbirlar davom etmoqda.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech