Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Inson huquqlarini himoya qiliş masalalari muhokama qilindi

1 Aprel 2022, 20:22

2793

Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, akademik Akmal Saidov IIV Akademiyasining magistratura tinglovçilariga ma’ruza ötdi. 

Maşğulot “Içki işlar organlarining inson huquqlari himoya qiliş va ta’minlaş faoliyatini taşkil etişning huquqiy asoslari va amalga oşiriş mexanizmi” mavzuiga bağişlandi.

Huquqşunos olim mazkur sohadagi keng kölamli islohotlar, inson huquqlarini himoya qiliş sohasida umum e’tirof etilgan norma va standartlarni samarali qöllaş zarurati, bu borada Özbekistonning xalqaro majburiyatlari bajarilişini ta’minlaş böyiça amalga oşirilayotgan kompleks çora-tadbirlar, şuningdek BMT tomonidan qabul qilingan konvensiyalarning mazmun-mohiyati hamda xalqaro-huquqiy mexanizmlarni amalga oşiriş masalalari yuzasidan atrofliça tuşunça berdi.

Maşğulot davomida Inson huquqlari böyiça milliy markaz faoliyati, mazkur sohadagi monitoring tahlili natijalari va istiqboldagi ustuvor yönalişlar haqida ma’lumot berildi. Tinglovçilar huquqni muhofaza qiluvçi organlar tizimida inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qilişning samarali mexanizmlari haqida zarur tavsiyalar olişdi.   

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech