Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

IIV AKADEMIYASIDA SIRTQI TA’LIM YÖNALIŞI UÇUN IMTIHONLAR BÖLIB ÖTMOQDA

1 Avgust 2022, 16:49

11150

Içki işlar vazirligi akademiyasida ta’limning sirtqi yönalişida öqişni istagan nomzodlar uçun imtihonlar bölib ötmoqda. 

Aytiş kerakki, Akademiyaning Sirtqi ta’lim fakultetiga içki işlar organlarida kamida uç yillik iş stajiga ega, xizmatda ijobiy natijalarga erişib kelayotgan oliy hamda örta maxsus ma’lumotli xodimlar test sinovlari hamda yakuniy suhbat orqali qabul qilinadi. Şuningdek, fakultetda Özbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi va Davlat xavfsizlik xizmatining xodimlari ta’lim olişlari mumkin.

Sirtqi ta’lim yönalişida öqiş muddati oliy ma’lumotga ega bölmagan nomzodlar uçun tört yil, oliy ma’lumotga ega bölgan nomzodlar uçun uç yilni taşkil etadi. Bitiruvçilarga «Jinoyatlarning oldini oliş va foş etiş faoliyati» mutaxassisligi böyiça «yurist» malakasi berilişi nazarda tutilgan.

Ayni kunlarda nomzodlar test sinovlarini topşirib, yetarli ball tölaganlar yakuniy suhbatda iştirok etişmoqda. Qabul komissiyasi a’zolarining ta’kidlaşiça, imtihonlarning şaffof va belgilangan talablar darajasida ötişini ta’minlaş maqsadida barça şart-şaroitlar yaratilgan.   

IIV Akademiyasi matbuot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech