Poytaxtimizdagi “Özbekiston” sport majmuasida özbek jang san’ati böyiça mamlakat çempionati bahslari bölib ötdi. Unda Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri vakillari ğoliblik uçun bahs yuritdi.
Musobaqaning tantanali oçiliş marosimida iştirokçilar qatori Içki işlar vazirligi akademiyasi vakillarining körgazmali çiqişlari barçaga manzur böldi.
Özbekiston çempionatatida işqibozlar “Assalom tong”, “Temuriylar jang usuli”, “Kopmpleks maşq” va “Körgazmali çiqiş” yönalişidagi bahslar guvohi bölişdi. Quvonarlisi, IIV Akademiyasi kursantlari “Jamoaviy körgazmali çiqiş” yönalişining öğil bolalar va qizlar örtasida keçgan bahslarida ğoliblikni qölga kiritdilar.
Taqdirlaş marosimida Özbek jang san’ati federatsiyasi raisi Pölat Usmonov söz olib, yurtimizda yoş avlodni har tomonlama jismonan va ma’nan kamol toptiriş, xalqimizning bebaho qadriyatlari hisoblangan milliy sport turlarini yanada ommalaştiriş va özbek jang san’ati bilan şuğullanuvçi yoşlar kölamini kengaytiriş borasida tizimli işlar amalga oşirilayotganini ta’kidladi.
Ğolib va sovrindorlar musobaqa taşkilotlari tomonidan tantanali ravişda taqdirlandi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati