Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

IIV Akademiyasi işçi guruhi “Taraqqiyot” mahallasini örgandi

24 Fevral 2022, 22:34

2708

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikni jilovlaş böyiça “fuqarobay” işlaş metodikasi Guliston şahrining “Taraqqiyot” mahallasiga keng tatbiq etilmoqda. Bundan közlangan asosiy maqsad mahallani jinoyatdan xoli hududga aylantirişdir.

Ana şu maqsadda IIV Akademiyasi işçi guruhi tomonidan mahallaning kriminogen vaziyatiga salbiy ta’sir körsatayotgan omillar, xususan, sodir etilgan jinoyatlar joyiga çiqilgan holda örganildi.

Ma’lum bölişiça, 2021-yilda jami jinoyatlarning 65 foizdan ortiqroği mahalladagi savdo majmuasi hududida sodir qilingan. Mazkur holatlarning barvaqt oldini oliş maqsadida profilaktika inspektorlari, mahalla fuqarolar yiğini raisi, faollar, mas’ul idoralar va sektorlar rahbarlari iştirokida sayyor uçraşuvlar ötkazilib, vaziyat atrofliça muhokama qilindi. Işçi guruhi a’zolari tomonidan qayd qilingan jinoyatlarning xususiyatlari, dinamikasi, sabab hamda şart-şaroitlarini ilmiy asosda tahlil qilinib, profilaktika inspektorlari va faollarga zarur tavsiyalar berildi.

Bundan taşqari, viloyat IIBda tegişli sohaviy xizmatlar vakillari, mahalla fuqarolar yiğinlari raislari hamda profilaktika inspektorlari iştirokida maşğulotlar ham ötkazildi. Unda “Huquqbuzarliklarning oldini oliş va jinoyatçilikka qarşi kuraşişning “fuqarobay” işlaş metodikasi”ning mazmun-mohiyati amaliy-metodik jihatdan tuşuntirildi. Jinoyatçilikni jilovlaş böyiça bajarilişi lozim bölgan vazifalarni amaliyotga samarali tatbiq etiş orqali kriminogen vaziyatni barqarorlaştiriş yuzasidan zarur çora-tadbirlar belgilab berildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech