Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Içki işlar organi xodimi OAV bilan qanday işlaşi kerak?

23 Aprel 2022, 21:55

3149

Akademiya magistraturasi tinglovçilari bilan ötkazilgan davra suhbati ana şu dolzarb mavzuga bağişlandi. Tadbirda Içki işlar vazirining axborot siyosati masalalari böyiça maslahatçisi va matbuot kotibi, polkovnik Şohrux Giyasov hamda “Yoşlar” telekanali katta muharriri Nodirbek Şamsiddin iştirok etdi.

Vazirlik Axborot xizmati rahbari içki işlar organlari faoliyatining oçiqligini ta’minlaş, jamoatçilik oldidagi hisobdorlik mas’uliyatini kuçaytiriş, ayniqsa ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligini mustahkamlaş borasida samarali mexanizmlar tatbiq etilayotganini ta’kidladi.

Aytib ötilganidek, bugun jamiyat hayotida axborot siyosatini töğri yölga qöymay turib, taraqqiyotga erişib bölmaydi. Içki işlar organlari tizimida ham ommaviy axborot vositalarining örni tobora kuçayib bormoqda. Tezkor axborot makonida jamoatçilikni xolis va işonçli ma’lumotlar bilan ta’minlaş, OAVlarida tarqatilgan xabarlarga nisbatan tezkorlik bilan munosabat bildiriş faoliyatning muhim mezoniga aylandi.

Bunday şaroitda soha xodimlarining jurnalist va bloggerlar bilan muloqot qiliş, axborot hujumlari, provokatsion va nizoli vaziyatlarda özini boşqariş, turli toifadagi şaxslar bilan muloqotga kirişiş böyiça könikmalarini şakllantiriş tizim nufuzini oşirişga xizmat qiladi.

Tadbirda söz olganlar “Içki işlar organlarining ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligini taşkil etişda yuzaga kelayotgan muammolar”, “Ommaviy axborot vositalaridagi çiqişlarda e’tibor qaratilişi lozim bölgan jihatlar”, “Axborot tarqatiş usullari va xavfsizligi”, “Telekommunikatsiya tarmoqlari va internet tarmoğida sodir etilgan tuhmat yoki haqorat qiliş uçun javobgarlik masalalari” mavzularida öz mulohazalarini bildirişdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech