IIV Akademiyasida ötkazilgan davra suhbati xotin-qizlar örtasidagi huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş muammolariga bağişlandi.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va kriminologiya kafedrasi taşabbusi bilan taşkil etilgan tadbirda Çilonzor tumani Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi xodimlari, mahalla fuqarolar yiğini va örta ta’lim muassasasi vakillari, Akademiya professor-öqituvçilari, magistratura tinglovçilari hamda kunduzgi ta’lim kursantlari iştirok etdi.
Ma’lumki, içki işlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga mutlaqo yangiça mexanizmlar joriy qilindi. Bunda har bir mahalla, oila va şaxs kesimida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş, jinoyatçilikni jilovlaş, aholini qiynayotgan muammolarni bevosita joylarning özida hal etiş, notinç oilalar, doimiy iş bilan band bölmagan hamda profilaktik nazoratda turuvçi xotin-qizlar bilan manzilli işlaşga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Davra suhbatida xotin-qizlar örtasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini oliş mexanizmlari, mazkur yönalişda amalga oşirilayotgan kompleks çora-tadbirlar, şuningdek amaliyotda mavjud ayrim muammolar haqida dolzarb fikr-mulohazalar bildirildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati