Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Hamkorlik aloqalari yölga qöyiladi

19 Noyabr 2026, 21:33

109

IIV akademiyasiga Xitoyning Şensi polisiya kolleji rahbari Li Şougou boşçiligidagi delegatsiya taşrif buyurdi.

Ta’lim muassasalari vakillari iştirokida bölib ötgan uçraşuvda huquqni muhofaza qiluvçi organlar uçun kadrlar tayyorlaşda özaro hamkorlik va tajriba almaşinuvini yölga qöyiş masalalari muhokama qilindi.

Muloqot çoğida Özbekiston – Xitoy munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari e’tirof etildi. Hamkorlik aloqalari keng kölam kasb etib, manfaatli sohalarda barqaror rivojlanib borayotgani alohida ta’kidlandi.

Şensi polisiya kolleji rahbari Li Şougou samimiy qabul uçun minnatdorlik bildirib, hozirgi global şaroitda zamonaviy tendensiyalarni inobatga olgan holda özaro aloqalarni kengaytiriş va yangi bosqiçga olib çiqiş muştarak maqsadlarga xizmat qilişini aytib ötdi.

Uçraşuvda ta’lim muassasalari örtasida anglaşuv memorandumini imzolaş, özaro almaşuv asosida professor-öqituvçilar va ta’lim oluvçilar öquv kurslarini taşkil etiş, sun’iy intellekt texnologiyalari, kiber makonda sodir etilayotgan jinoyatlar va boşqa zamonaviy xavf-xatarlarga qarşi kuraşiş böyiça özaro tajriba almaşiş, raqamli ta’lim imkoniyatlarini kengaytiriş yuzasidan fikr almaşildi.

Tomonlar hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlaş va ravnaq toptirişdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Taşrif davomida mehmonlar akademiya faoliyati bilan yaqindan tanişdi. Delegatsiya a’zolariga mamlakatimiz içki işlar organlari tizimidagi islohotlar, ta’lim jarayonidagi öziga xos yondaşuvlar, xalqaro hamkorlik aloqalari, akademiyani rivojlantirişning strategik yönalişlari haqida ma’lumot berildi.

Xitoy delegatsiyasining yurtimizga taşrifi davom etmoqda.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech