Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Ekspert-kriminalistikaning zamonaviy imkoniyatlari bilan tanişildi

26 Aprel 2022, 23:19

2532

Koreya Respublikasida taşkil etilayotgan malaka oşiriş kurslari davom etmoqda. 

25 aprel kuni IIV Akademiyasi vakillari Politsiya tergov akademiyasida tajriba almaşiş imkoniga ega bölişdi. Janubiy koreyalik malakali mutaxassislar tomonidan ta’lim muassasasi faoliyati taniştirilib, zamonaviy ekspert-kriminalistikada voqea joyidagi izlarni aniqlaş va tahlil qiliş, qon tahlillari, şaxsi noma’lum murda suyaklarini tadqiq qiliş böyiça maşğulotlar ötkazildi. Akademiya qoşidagi kriminalistik poligonda maxsus texnik vositalar va ularni qöllaş usullari körsatildi.

Mahorat darslari Koreya politsiyasi inson resurslarini boşqariş institutining öquv jarayoni va moddiy-texnika bazasi bilan tanişuv asnosida davom ettirildi. Koreyalik talaba yoşlar bilan muloqot davomida kadrlar tayyorlaş böyiça amaliyotga tatbiq etilgan öziga xos yondaşuvlar, axborot va raqamli texnologiyalarning afzalliklari, nazariya va amaliyot uyğunligining muhim jihatlari xususida fikr almaşildi. 

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati  

 

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech