Bugun IIV Akademiyasida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti (YXHT)ning Toşkentdagi vakolatxonasi vakillari bilan uçraşuv bölib ötdi.
Muloqotda özaro hamkorlik doirasida amalga oşirilgan loyihalar va istiqboldagi rejalar haqida fikr almaşildi. Tomonlar ikki tomonlama aloqalarning izçil rivojlanib borayotganini yuqori baholab, global tahdid va xavf-xatarlarga qarşi kuraşişda “özaro yordam” tamoyili asosida hamkorlikni yanada mustahkamlaş tarafdori ekanliklarini bildirdilar.
Ta’kidlanganidek, Özbekiston xalqaro munosabatlarda faol taşqi siyosatni yölga qöyib, xorijiy hamkorlar bilan özaro manfaatli munosabatlarni izçil rivojlantirmoqda. Mamlakatning pragmatik, aniq va konstruktiv taşqi siyosati xalqaro ekspertlar va kuzatuvçilar tomonidan ham alohida e’tirof etilmoqda.
YXHTning Toşkentdagi vakolatxonasi milliy maslahatçisi Yuray Nosalning qayd etişiça, xalqaro taşkilot Özbekistonning Yangi taraqqiyot strategiyasi maqsadlariga mos keladigan loyihalarni faol amalga oşirişda yaqin hamkorlikni qöllab-quvvatlaydi.
Uçraşuvda YXHTning ta’lim muassasasi bilan aloqalarini jadallaştiriş, zamonaviy tahdidlar, xususan, xalqaro terrorizm va transmilliy jinoyatlarga qarşi kuraşiş, kiberxavfsizlikni ta’minlaş kabi yönalişlarda tajriba almaşiş, huquqni muhofaza qiluvçi organlar uçun professional kadrlar tayyorlaş, xorijiy malakali mutaxassislar iştirokida seminar-trening maşğulotlari ötkaziş hamda ilmiy-amaliy hamkorlikni kuçaytiriş masalalari muhokama qilindi.
IIV Akademiyasi vakillari tomonidan qator muhim yönalişlarda yangi loyihalarni amaliyotga tatbiq etiş yuzasidan taşabbuslar bildirildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati