Bugun Özbekiston Respublikasi davlat bayroği qabul qilinganiga 35 yil töldi. Şu yillar mobaynida bayroğimiz milliy mustaqilligimiz, tinç-osuda hayotimiz, ertangi kunga bölgan işonçimiz timsoliga aylandi.
Tarixiy sana munosabati bilan Içki işlar vazirligi akademiyasining Xorijiy kadrlar bilan işlaş fakultetida uçraşuv ötkazildi. Ma’rifiy tadbirga respublikamiz sud-huquq tizimida köp yillar faoliyat yuritgan huquqşunos olima, yuridik fanlar doktori, professor Mavjuda Rajabova taklif etildi.
Aytib ötilganidek, 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan bayroğimiz milliy davlatçilik ramzi bölib, unda xalqimizning boy tarixi, ezgu orzu-intilişlari, kelajak umidlari mujassam. Uning baland hilpiraşi har bir yurtdoşimiz qalbida Vatanga daxldorlik, faxr va iftixor tuyğularini uyğotadi.
Bayroğimizdagi har bir rang, har bir belgi öziga xos ma’noga ega. Undagi moviy rang kuç-qudratni, tinçlik va barqarorlikni özida aks ettiradi. Oq rang poklik, beğuborlikni ifodalab kelgan. Yaşil rang yaşariş va yangilaniş ramzi, ona tabiatimiz, asriy qadriyatlarimiz, iymon-e’tiqodimiz timsoli hisoblanadi. Qizil çiziqlar esa tomirimizdagi ajdodlar qoni – mangulik nişonasidir.
Tadbirda Özbekiston bayroğining yaratiliş tarixi, siyosiy-ijtimoiy va ma’naviy hayotimizdagi örni, yoş avlod qalbida davlat timsollariga hurmat, milliy ğurur va iftixor tuyğularini mustahkamlaş masalalari haqida söz bordi. Davlat ramzlariga ehtirom yurtga muhabbat va sadoqat ifodasi ekanligi aytib ötildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati