Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

21-fevral – Xalqaro ona tili kuni

19 Fevral 2022, 06:02

1903

Sana munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi akademiyasida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirga tilshunos olimlar taklif etildi.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev: “Har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz lozim”, deya alohida ta’kidlagandi.

Darhaqiqat, dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan ona tilimiz xalqimiz tafakkurining bebaho mulki, milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsolidir. Kishi uchun kindik qoni to‘kilgan Vatani qanchalik aziz bo‘lsa, ona tili ham shunchalik mo‘tabar sanaladi. Uning onadek muqaddas timsolga mengzalishi, aslida shundan.

Birlashgan millatlar tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti – YUNESKO tomonidan Xalqaro ona tili bayramining keng nishonlanishi zamirida turli millatu elatlarga mansub tillarni asrab-avaylash va kelgusi avlodlarga yetkazishdek ulug‘ maqsad mujassam.

Tadbirda o‘zbek tilini rivojlantirish, uning davlat tili sifatidagi nufuzi va maqomini oshirishga qaratilgan islohotlar, xususan, muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan tarixiy ahamiyatga molik sa’y-harakatlar alohida e’tirof etildi. Ona tilimizning qadr-qimmatini yuksaltirish, unga hurmat va ehtirom ko‘rsatish yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanligi, o‘z tilini asragan millatning istiqboli farovon bo‘lishi ta’kidlandi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech