Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

2 mingdan ortiq iştirokçi, kursantlarimiz esa sovrindor

9 Aprel 2022, 17:22

2717

Poytaxtimizning Olmazor tumanida ötkazilgan ommaviy marafonda harbiy oliy ta’lim muassasalari kursantlari,  talaba yoşlar va keng jamoatçilik vakillari faol iştirok etdi.

Jamoat xavfsizligi universiteti taşabbusi bilan “Ajdodlar matonati va jasorati – avlodlar uçun namunadir!” şiori ostida taşkil etilgan tadbir Toşkent tibbiyot akademiyasidan start oldi.

Iştirokçilar “Beltepa”, “Şifokorlar”, “Qamarniso”, “Talabalar”, “Universitet” köçalari böylab 5300 metr masofani bosib ötdilar. Finiş nuqtasi – Toşkent davlat texnika universitetida musobaqa qatnaşçilari munosib kutib olindi.

Yakuniy natijalarga köra, Içki işlar vazirligi akademiyasi kursantlaridan Akmal Salayev va Zilola Toşpölatova marra çiziğini birinçi, Nafosat Sobirova ikkinçi, Sayyora Yuldaşeva uçinçi bölib kesib ötib, öz tengdoşlari orasida faxrli örinlarga sazovor böldi.

Taqdirlaş marosimida davlatimiz rahbarining beş muhim taşabbusi bilan ötkazilayotgan sport tadbirlari yoşlarni soğlom va barkamol qilib voyaga yetkazişda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech