IIV akademiyasining Harbiy tayorgarlik kafedrasi o‘qituvchisi, mayor Elbek Olimov ilmiy ishini himoya qildi.
U pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Kadrlarni tayyorlash tizimini qadriyatiy regulyativlar asosida modernizatsiyalash (IIV ta’lim tizimi misolida)” mavzuida tayyorlagan dissertatsiyasini IIV akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashda muvaffaqiyatli yoqladi.
Hamkasbimizni ilmiy-pedagogik faoliyatidagi yutug‘i bilan tabriklaymiz!
IIV akademiyasi Axborot xizmati