IIV akademiyasining Xorijiy tillar markazi katta o‘qituvchi-metodisti, kapitan Firuz Abdusalomov ilmiy ishini himoya qildi.
U filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Ingliz va o‘zbek tillari harbiy diskursida buyruq maylining sotsiolingvistik xususiyatlari” mavzuida tayyorlagan dissertatsiyasini O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashda muvaffaqiyatli yoqladi.
Hamkasbimizni ilmiy-pedagogik faoliyatidagi yutug‘i bilan tabriklaymiz!
IIV akademiyasi Axborot xizmati