Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Tabriklaymiz!

Tabriklaymiz!

IIV akademiyasining Xizmat psixologiyasi va kasbiy madaniyati kafedrasi boshlig‘i o‘rinbosari, kapitan Sardorbek Abdullayev ilmiy ishini himoya qildi.

U sotsiologiya fanlari doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini olish uchun “Yangi O‘zbekistonda professional ta’limni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari va bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash mexanizmlari (kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar misolida sotsiologik tahlil)” mavzuida tayyorlagan dissertatsiyasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruv akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashda muvaffaqiyatli yoqladi.

Hamkasbimizni ilmiy-pedagogik faoliyatidagi yutug‘i bilan tabriklaymiz!

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech