IIV akademiyasi 2026/2027 öquv yili uçun magistraturaning “taşkiliy-strategik boşqaruv”, “taşkiliy-taktik boşqaruv” hamda “ilmiy-pedagogik faoliyat” mutaxassisliklari böyiça qabul e’lon qiladi.
“Taşkiliy-strategik boşqaruv” mutaxassisligi böyiça öqiş istagidagi nomzodlar bakalavr darajasi yoki diplomli mutaxassis malakasi hamda qonunçilik hujjatlariga muvofiq “taşkiliy-taktik boşqaruv” mutaxassisligi diplomiga tenglaştirilgan (muqaddam faoliyat körsatgan magistratura, Oliy akademik kurslar yoki Rahbar kadrlarni tayyorlaş fakultetini tamomlagan) diplom, şuningdek “podpolkovnik” maxsus unvoniga ega bölişi lozim.
Bunda oxirgi 1 yil davomida quyidagi lavozimlardan birini egallab kelayotgan nomzodlarning hujjatlari qabul qilinadi:
IIV markaziy apparati hamda vazirlikka bevosita böysunuvçi tarkibiy tuzilmalar böyiça – bölim boşliği, unga tenglaştirilgan va undan yuqori bölgan boşqa lavozimdagi xodimlar;
Qoraqalpoğiston Respublikasi IIV, Toşkent şahar va Toşkent viloyati IIBBlari, viloyatlar IIBlari apparatlari böyiça – boşqarma boşliği, unga tenglaştirilgan va undan yuqori bölgan boşqa lavozimdagi xodimlar;
tuman, şahar içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmalari, içki işlar boşqarmalari (bölimlari) böyiça – içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmalari, içki işlar boşqarmalari (bölimlari) boşliqlari;
jazoni ijro etiş muassasalari boşliqlari.
“Taşkiliy-taktik boşqaruv” mutaxassisligi böyiça öqiş istagidagi nomzodlar bakalavr darajasi yoki diplomli mutaxassis malakasi, şuningdek “mayor” maxsus unvoniga ega bölişi kerak.
Bunda oxirgi 1 yil davomida quyidagi lavozimlardan birini egallab kelayotgan nomzodlarning hujjatlari qabul qilinadi:
IIV markaziy apparati va vazirlikka bevosita böysunuvçi tarkibiy tuzilmalar böyiça – boş mutaxassis, muhim topşiriqlar böyiça inspektor, yetakçi yuriskonsult, boş ekspert, öta muhim işlar böyiça tergovçi (tezkor vakil), boş inspektor, ularga tenglaştirilgan va ulardan yuqori bölgan boşqa lavozimdagi xodimlar;
Qoraqalpoğiston Respublikasi IIV, Toşkent şahar va Toşkent viloyati IIBBlari, viloyatlar IIBlari apparatlari böyiça – bölinma boşliği, unga tenglaştirilgan va undan yuqori bölgan boşqa lavozimdagi xodimlar;
tuman, şahar içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmalari va içki işlar boşqarmalari (bölimlari) böyiça – tuman, şahar içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmalari va içki işlar boşqarmalari (bölimlari) boşliqlari örinbosarlari, içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi içki işlar bölimlari boşliqlari lavozimidagi xodimlar;
jazoni ijro etiş muassasalari böyiça – bölim boşliği, unga tenglaştirilgan va undan yuqori bölgan boşqa lavozimdagi xodimlar.
“Ilmiy-pedagogik faoliyat” mutaxassisligi böyiça öqiş istagidagi nomzodlar tayanç oliy yuridik ma’lumot, şuningdek kamida 2 yillik amaliy xizmat stajiga ega bölişi şart.
IIV akademiyasining bakalavriat ta’lim yönalişini imtiyozli diplom bilan tamomlagan va kamida 2 yillik amaliy xizmat stajiga ega bölgan xodimlar magistraturaning “ilmiy-pedagogik faoliyat” mutaxassisligiga tanlovlarsiz öqişga qabul qilinadi.
Şuningdek, kunduzgi ta’limda öqiş davrida “Içki işlar vazirligining Jaloliddin Manguberdi nomidagi stipendiati” yoki “Içki işlar vaziri stipendiati” faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan va bakalavriatni imtiyozli diplom bilan tamomlagan bitiruvçilar “ilmiy-pedagogik faoliyat” mutaxassisligiga amaliy xizmat stajiga ega bölmagan holda tanlovlarsiz qabul qilinadi.
Magistraturada öqiş istagidagi nomzodlarning hujjatlari elektron tartibda qabul qilinadi. Bunda nomzod magistr.akadmvd.uz manziliga zarur ma’lumotlarni kiritadi va IIV akademiyasi boşliği nomiga yozilgan bildirgining imzolangan elektron nusxasini uşbu manzilga yuboradi. Bildirgi qabul qilingandan söng qabul komissiyasi tomonidan nomzodga bildirişnoma yuboriladi.
Magistraturaga öqişga qabul qiliş nomzodlar uçun teng huquqlilik, qabulning yagona qoidalari va tanlov prinsiplari asosida quyidagi bosqiçlarda taşkil etiladi:
1) hujjatlarni töplaş va örganiş;
2) maxsus kasbiy tanlov (yozma iş hamda nomzodlarning kompetensiyalarini diagnostika qiliş);
3) yakuniy suhbat.
Nomzodlarning hujjatlari 2026-yilning 1-aprelidan 1-iyuniga qadar qabul qilinadi.
Ma’lumot uçun: IIV Moliya va moddiy-texnika ta’minoti departamenti, Idoraviy hamkorlik boş boşqarmasi, Şaxsiy xavfsizlik boş boşqarmasi, Xalqaro hamkorlik boşqarmasi, Tibbiyot boşqarmasi, Harbiy-safarbarlik boşqarmasi, Axborot xizmati, Interpolning Özbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi, Nazorat-taftiş inspeksiyasi, axborot texnologiyalarini joriy etiş bölinmalari xodimlari içki işlar organlarining rahbarlik lavozimlariga tayinlanişi uçun magistraturaning “taşkiliy-taktik boşqaruv” va “taşkiliy-strategik boşqaruv” mutaxassisliklarida öqişi talab etilmaydi.
Qabul komissiyasi