Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Xorijiy tillarni öqitiş: ilğor tajribalar almaşildi

12 Noyabr 2026, 20:55

104

MDHga a’zo davlatlarning turdoş oliy ta’lim muassasalari iştirokida ta’lim jarayonida xorijiy tillarni öqitişning dolzarb masalalariga bağişlangan xalqaro seminar taşkil etildi.

Rossiya Federasiyasi Içki işlar vazirligining Sibir yuridik instituti taşabbusi bilan videokonferensaloqa şaklida taşkil etilgan tadbirda professor-öqituvçilar, tadqiqotçilar, mutaxassislar qatnaşdi.

Seminarda xorijiy tillarni öqitiş böyiça yölga qöyilgan milliy va xalqaro tajribalar yuzasidan fikr almaşildi. Sözga çiqqanlar ta’lim jarayonida ilmiy-amaliy yondaşuvlarni takomillaştiriş, mutaxassislarning pedagogik salohiyatini oşiriş, raqamli platformalar imkoniyatlarini kengaytiriş, kasbiy terminologiya masalalari haqida öz mulohazalari bilan örtoqlaşdilar.

Tadbirda IIV akademiyasining Xorijiy tillar ofisi vakillari ham iştirok etib, kasbiy tayyorgarlikda til meyorlariga rioya qiliş, samarali muloqot könikmalarini şakllantiriş, til örgatişda axloqiy tamoyillarning ahamiyati, şuningdek, xorijiy tillarni öqitişni kasbiy ehtiyojlarga moslaştirişda ayrim muammolar va ularning yeçimlariga töxtalib ötdilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech