Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Tabiat bağrida psixologik trening

13 Noyabr 2026, 18:03

79

IIV akademiyasi kursantlari uçun poytaxtimizdagi Yapon boğida noodatiy maşğulot taşkil qilindi.

Tabiat bağrida ötkazilgan psixologik trening bölajak xodimlarning kasbiy xislatlarini şakllantirişga qaratildi.

Şu kuni kursantlarga “Bir jamoa – bir maqsad”, “Sirli saf”, “Murakkab vaziyat – tezkor qaror”, “Stressni yengamiz!” topşiriqlari berildi. Vazifalarni bajariş çoğida ular diqqatni jamlaş, topşiriqni töğri bajariş, jamoaviy işlaş, natijadorlikka erişiş, nostandart vaziyatlarda ruhiy barqarorlikni namoyon etiş, ziddiyatlarni yengiş, hissiy holatni boşqariş könikmalariga ega böldilar.

Trening yakunida natijalar tahlil qilindi. Kursantlarga kasbiy faoliyatda zarur bölgan xislatlarni rivojlantiriş, psixologik bilim va könikmalarni puxta özlaştiriş yuzasidan tavsiyalar berildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech