Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Taşabbus ta’lim sifatini oşirmoqda

26 Noyabr 2026, 18:02

86

Huquqni muhofaza qiluvçi organlar oliy ta’lim muassasalari konsorsiumining taşkil qilingani ilğor tajribalarni almaşişga xizmat qilmoqda.

Hamkorlik doirasida Jamoat xavfsizligi universiteti, Içki işlar vazirligi akademiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasining professor-öqituvçilari hamda kursantlari iştirokida qöşma maşğulotlar taşkil etildi.

Dastlab tadbir iştirokçilari ratsionalizatorlik va ixtiroçilik işlari körgazmasi bilan tanişdilar. Körgazmada turli ekstremal yöl şaroitlarida yuk avtomobillarini boşqariş könikmalarini şakllantirişga möljallangan dinamik statsionar avtosimulyator, yengil avtomobillarni amaliy boşqarişni örgatuvçi hamda real vaqt rejimida qoidabuzarliklarni qayd etuvçi statik avtotrenajyor, turli ekstremal şaroitlarni imitatsiya qiluvçi “Qaysar arava” qurilmasi hamda boşqa maxsus texnik vositalar namoyiş qilindi.

Şundan söng universitet vakillari tomonidan amaliyotga tatbiq qilingan innovasion qurilmalardan foydalaşiş böyiça mahorat darsi ötkazildi. Maşğulot jarayonida kursantlar ratsionalizatorlik va ixtiroçilik qurilmalarining zamonaviy imkoniyatlari, texnik yutuqlari, ularni samarali qöllaş böyiça könikmalar hosil qildilar.

Maşğulotlar yakunida kursantlar örtasida yöl harakati qoidalari va xizmat avtomobilini xavfsiz boşqariş fanidan ötkazilgan olimpiada iştirokçilarning bilim salohiyatini sinovdan ötkazdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech