Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Raqamli dalillar bilan işlaşda sun’iy intellekt qançalik işonçli?

26 Noyabr 2026, 19:19

95

IIV akademiyasida huquqşunos olimlar, amaliyotçi xodimlar hamda turdoş oliy ta’lim muassasalari vakillari iştirokida ötkazilgan konferensiya bahs-munozaralarga boy ötdi.

Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi taşabbusi bilan Kursantlarning ilmiy yutuqlari va innovasion ğoyalari IV ilm-fan festivali doirasida taşkil etilgan ilmiy-amaliy anjuman “Jinoyat protsessida dalillarni tekşirişga zamonaviy yondaşuvlar” mavzuyiga bağişlandi.

Konferensiyada Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi katta öqituvçisi A. Abdullayev, Toşkent davlat yuridik universiteti dosenti M. Çutbayev, Uçtepa tumani böyiça IIO FMB tergovçisi X. Xasanov va boşqalar sözga çiqdi. Işni sudga qadar yuritişda dalillarni tekşiriş tartibini takomillaştiriş, dalillarni tekşirişda sun’iy intellekt imkoniyatlari va uning prosessual çegaralari, amaliyotda dalillarni tekşirişda yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yeçimlari, şuningdek dalillarni baholaşda işonçlilik, maqbullik va raqamli texnologiyalar masalasi ilmiy hamda huquqni qöllaş amaliyoti nuqtai nazaridan tahlil qilindi.

Muhokamalar yakunida fikr-mulohazalar umumlaştirilib, jinoyat-protsessual qonunçilik hamda dalillarni tekşiriş tartibini takomillaştirişga qaratilgan ilmiy-nazariy taklif-tavsiyalar işlab çiqildi.

IIV Akademiyasi axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech