Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Taʼlim sifatini nazorat va monitoring qilish markazi

Ta’lim sifatini nazorat va monitoring qilish markazi akademiyaning mustaqil tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

Markaz faoliyati o‘quv jarayonini nazorat va monitoring qilish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan.

Markazning vazifalari:

kursant (tinglovchi)larning bilimlari, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari davlat ta’lim standartlariga, malaka talablariga muvofiqligini o‘rganib borish va tahlil qilish;

ichki baholash o‘tkazishni tashkil etish, natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash;

professor-o‘qituvchilarning faoliyati bo‘yicha reytingini shakllantirib borish;

o‘quv jarayoniga oid tadbirlar ijrosini monitoring qilish;

o‘quv jarayoni reytingini aniqlashga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish, ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazish;

respublikamiz hamda xorijiy ta’lim muassasalarining ilg‘or tajribasini o‘rganish hamda o‘quv jarayoniga tatbiq etish.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech