Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Ichki ishlar organlarining maʼmuriy faoliyati kafedrasi

Ichki ishlar organlarining ma’muriy faoliyati kafedrasi akademiyaning mutaxassis kadrlar tayyorlash faoliyatiga ko‘maklashib kelayotgan tarkibiy tuzilma sanaladi.

Kafedra tomonidan o‘qitiladigan fanlar:

ichki ishlar organlarining ma’muriy faoliyati;

jamoat xavfsizligi asoslari;

jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash faoliyatini tashkil etish;

jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash faoliyatini boshqarish.

Kafedra professor-o‘qituvchilari chop etgan adabiyotlar:

“Ichki ishlar organlarining ma’muriy faoliyati” (darslik);

“Ichki ishlar organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligi” (o‘quv qo‘llanma);

“Ichki ishlar organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashning tashkiliy-huquqiy asoslari” (o‘quv qo‘llanma);

“Ichki ishlar organlarining davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tashkil etish” (o‘quv qo‘llanma);

“Davlat funksiyalari” (o‘quv qo‘llanma);

“Jamoat xavfsizligini ta’minlashning obyektlari va subyektlari” (o‘quv qo‘llanma).

Kafedra qoshida “Yosh ma’muriy amaliyotchilar” iqtidorli kursantlar ilmiy to‘garagi tashkil etilgan. O‘quv jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsasida Ichki ishlar vazirligining tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalari, shuningdek yetakchi ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech