Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi

Kriminalistik ekspertiza kafedrasi ichki ishlar organlari uchun professional kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan mutaxassislik kafedrasi sanaladi.

Kafedra tomonidan o‘qitiladigan fanlar:

kriminalistika;

kriminalistik ekspertizalar faoliyatini ta’minlash;

raqamli kriminalistika asoslari;

sud tibbiyoti va psixiatriyasi;

birinchi tibbiy yordam asoslari va valeologiya;

moliya kriminalistikasi.

Kafedrada ta’limning interfaol metodlari va ilg‘or yondashuvlari keng joriy qilingan. O‘quv jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsasida Ichki ishlar vazirligining tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalari, Respublika sud ekspertiza markazi, shuningdek yetakchi ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

 Jamoa tomonidan nashr qilingan ayrim adabiyotlar:

“Daktiloskopik ekspertiza” (darslik);

“Trasologik ekspertiza” (darslik);

“Sud psixiyatriyasi” (darslik);

“Simulyatsiya, aggravatsiya, dissimulyatsiya” (monografiya);

“Yo‘l-transport hodisasi natijasida qolgan izlarning trasologik tadqiqoti” (monografiya);

“Yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq trasologik ekspertizalar” (o‘quv qo‘llanma);

“Sud-xatshunoslik ekspertizasi bo‘yicha ekspertiza xulosalarini rasmiylashtirish qoidalari” (o‘quv-uslubiy qo‘llanma);

“Poyabzal va oyoq izlarining trasologik ekspertizasi uslubiyoti” (o‘quv-uslubiy qo‘llanma).

 Kafedra qoshida “Yosh ekspert-kriminalist” iqtidorli kursantlar ilmiy to‘garagi hamda “Muloqot” klubi tashkil etilgan. Bundan tashqari, kafedradagi maxsus laboratoriyalarda xatshunoslik ekspertizasi, hujjatlarning texnik-kriminalistik ekspertizasi, ballistik ekspertiza, sovuq qurollar ekspertizasi, daktiloskopik ekspertiza, trasologik ekspertiza, portret ekspertizasi kabi yo‘nalishlarda tadqiqotlar o‘tkaziladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech