Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Harbiy tayyorgarlik kafedrasi

Harbiy tayyorgarlik kafedrasi akademiyaning mutaxassis kadrlar tayyorlash faoliyatiga ko‘maklashib kelayotgan tarkibiy tuzilma sanaladi.

Kafedra tomonidan o‘qitiladigan fanlar:

harbiy xizmat tayyorgarligi;

jangovar tayyorgarlik;

ichki ishlar organlarining kuch va vositalaridan foydalanishni rejalashtirish va tashkil etish;

kuch va vositalarini boshqarish hamda muvofiqlashtirish.

Kafedra professor-o‘qituvchilari chop etgan adabiyotlar:

“Maxsus taktika” (darslik);

“Ichki ishlar organlarida jangovar tayyorgarlikni tashkil etish” (darslik);

“Fuqaro muhofazasi” (darslik);

“Harbiy topografiya” (darslik);

“O‘q otish tayyorgarligi” (darslik);

“Boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik” (o‘quv qo‘llanma);

 “Kalashnikov” avtomatidan otish texnikasi va taktikasi” (o‘quv qo‘llanma);

“O‘q otish tayyorgarligi fanini o‘qitishda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari” (o‘quv qo‘llanma);

“Maxsus operatsiyada qo‘llaniladigan o‘qotar qurollar” (o‘quv qo‘llanma);

“O‘qotar qurollar jangini tekshirish va me’yoriy jangovar holatga keltirish” (o‘quv qo‘llanma);

“O‘qotar va jangovar mashinalar qurollaridan otish qoidalari” (o‘quv qo‘llanma).

Kafedra qoshida iqtidorli kursantlar ilmiy to‘garagi tashkil etilgan. O‘quv jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsasida Ichki ishlar va Mudofaa vazirliklarining tarkibiy tuzilmalari, shuningdek yetakchi harbiy ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech