Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Tezkor-qidiruv faoliyati kafedrasi

Tezkor-qidiruv faoliyati kafedrasi ichki ishlar organlari uchun professional kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan mutaxassislik kafedrasi sanaladi.

Kafedra tomonidan o‘qitiladigan fanlar:

ichki ishlar organlarida ish yuritish va maxfiylik tartibi;

ichki ishlar organlarining tezkor-qidiruv faoliyati;

tezkor-qidiruv huquqi;

terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishning taktika va metodikasi;

dinshunoslik, diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari;

maxsus texnika va aloqa vositalari;

maxsus texnika va tezkor-texnik tadbirlarning asoslari;

tezkor-qidiruv faoliyati;

ichki ishlar organlari tezkor apparatlarining noqonuniy migratsiya va odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyati.

Kafedrada ta’limning interfaol metodlari va ilg‘or yondashuvlari keng joriy qilingan. O‘quv jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsasida Ichki ishlar vazirligining tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalari, shuningdek yetakchi ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

 Jamoa tomonidan nashr qilingan ayrim adabiyotlar:

“Tezkor-qidiruv huquqi” (darslik);

“Tezkor-qidiruv faoliyati” (darslik);

“Dinshunoslik. Diniy aqidaparastlik, ekstremizs va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” (darslik);

“Ichki ishlar organlarining maxsus texnika vositalari” (darslik);

“Tezkor-qidiruv faoliyati psixologiyasi” (darslik);

“Ichki ishlar organlari tezkor-qidiruv faoliyatining shakllanishi va rivojlanishi” (monografiya);

“Ichki ishlar organlari tezkor-qidiruv faoliyatining xuquqiy asoslari” (o‘quv qo‘llanma);

“Jinoyatni ochish bo‘yicha o‘tkaziladigan dastlabki tezkor-qidiruv tadbirlari” (o‘quv qo‘llanma);

“Jinoyatchilikka qarshi kurashda ichki ishlar idoralari operativ apparatlarning boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorligi” (o‘quv qo‘llanma).

Kafedra qoshida “Yosh izquvarlar” iqtidorli kursantlar ilmiy to‘garagi hamda “Muloqot” klubi tashkil etilgan.

 

 

 

 

 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech