Diqqat! Sayt sinov rejimida
Рус Ўзб O'z En

Fuqaroviy-huquqiy fanlar kafedrasi

Fuqaroviy-huquqiy fanlar kafedrasi akademiyaning mutaxassis kadrlar tayyorlash faoliyatiga ko‘maklashib kelayotgan tarkibiy tuzilma sanaladi.

Kafedra tomonidan o‘qitiladigan fanlar:

fuqarolik va oila huquqi;

fuqarolik protsessi;

mehnat huquqi;

moliya huquqi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari chop etgan adabiyotlar:

“Fuqarolik va oila huquqi” (darslik);

“Mehnat huquqi” (darslik);

“Oila huquqi” (darslik);

“Fuqarolik protsessual huquqi” (darslik);

“Ichki ishlar organlari delikt munosabatlar sub’ekti siifatida” (monografiya);

“Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining fuqarolik-huquqiy maqomini takomillashtirish” (monografiya);

“Ichki ishlar organlari tomonidan yetkazilgan zararni qoplashning fuqarolik-huquqiy masalalari” (o‘quv qo‘llanma);

“Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining fuqarolik huquqiy maqomi” (o‘quv qo‘llanma);

“Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi” (o‘quv qo‘llanma);

“Ichki ishlar organlari mulkini operativ boshqarish huquqi” (o‘quv qo‘llanma).

Kafedra qoshida iqtidorli kursantlar ilmiy to‘garagi tashkil etilgan. O‘quv jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsasida Ichki ishlar vazirligining tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalari, shuningdek yetakchi ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech