Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi

Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi akademiyaning mutaxassis kadrlar tayyorlash faoliyatiga ko‘maklashib kelayotgan tarkibiy tuzilma sanaladi.

Kafedra tomonidan o‘qitiladigan fanlar:

jinoyat-protsessual huquq;

sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar;

tergovga qadar tekshiruv.

Kafedra professor-o‘qituvchilari chop etgan adabiyotlar:

“Jinoyat-protsessual huquq” (darslik);

“Tergovga qadar tekshiruv” (darslik);

“Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar” (darslik);

“Jinoyat protsessida dispozitivlik” (monografiya);

“Xususiy ayblov instituti” (monografiya);

“Dalillarni protsessual rasmiylashtirishni takomillashtirish” (monografiya);

“Firibgarlikni tergov qilishning nazariy va amaliy xususiyatlari” (monografiya).

“Tergovga qadar tekshiruv” (ma’ruzalar kursi).  

Kafedra qoshida iqtidorli kursantlar ilmiy to‘garagi tashkil etilgan. O‘quv jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsasida Ichki ishlar vazirligining tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalari, shuningdek sud-huquq tizimi organlari hamda yetakchi ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Ushbu kafedra 1977 yildan buyon faoliyat yuritadi. Ilgari kafedra kriminologiya va jinoyatlar profilaktikasi, kriminologiya va jazoni ijro etish kafedrasi deb nomlangan.

Kafedrani turli yillarda yuridik fanlar nomzodi, dotsent A.Ahmadeyev, yuridik fanlar doktori, professor Z.Zaripov, psixologiya fanlari nomzodi V.Moskalenko, yuridik fanlar doktori, professor I.Ismailov, yuridik fanlar nomzodi, dotsent M.Ziyodullayev, yuridik fanlar nomzodi, dotsent J.Muxtorov boshqargan.

Hozirgi kunda kafedrada kriminologiya, viktimologiya, ichki ishlar organlarida korrupsiyaning oldini olish va xodimlarda korrupsiyaga qarshi xulq- atvorni shakllantirish bo‘yicha nazariy va amaliy saboq beriladi. «Kriminologiya», «Viktimologiya» fanlari hamda «Ichki ishlar organlarida korrupsiyaning oldini olish va xodimlarda korrupsiyaga qarshi xulq- atvorni shakllantirish» o‘quv kurlari o‘qitiladi. O‘quv mashg‘ulotlari professor-o‘qituvchilar, ichki ishlar organlarida amaliy tajriba to‘plagan malakali xodimlar tomonidan interfaol usullarda olib boriladi. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan «Kriminologiya» fanidan darsliklar, qator o‘quv qo‘llanmalari hamda jinoyatchilikning oldini olishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar chop etilmoqda. Chunonchi, o‘tgan davr mobaynida jinoyatchi shaxsi, voyaga yetmagan shaxslar va retsidiv jinoyatchilikning oldini olish, uyushgan jinoyatchilik, voyaga yetmaganlar giyohvandligi hamda boshqa qator mavzularda ilmiy izlanishlar olib borildi. Ichki ishlar organlari faoliyatida mavjud muammolarga oid fundamental va amaliy tadqiqotlar o‘tkazilmoqda, ularning natijalari asosida qonunchilik hamda qonunni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech