Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Maʼmuriy huquq kafedrasi

Ma’muriy huquq kafedrasi akademiyaning mutaxassis kadrlar tayyorlash faoliyatiga ko‘maklashib kelayotgan tarkibiy tuzilma sanaladi.

Kafedra tomonidan o‘qitiladigan fanlar:

ma’muriy huquq;

ma’muriy javobgarlikni ta’minlash faoliyati;

ma’muriy javobgarlikni ta’minlash faoliyatini boshqarish.

Kafedra professor-o‘qituvchilari chop etgan adabiyotlar:

“Ma’muriy huquq” (darslik);

“O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini huquqiy
tartibga solish muammolari” (monografiya);

“Pasport tizimi: bugungi holati va rivojlanish istiqbollari” (o‘quv qo‘llanma);

“O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik” (o‘quv qo‘llanma);

“O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga doir ishlarni yuritishning zamonaviy holati” (o‘quv qo‘llanma);

“Xalqaro standartlar va ayrim xorij davlatlari qonunchiligida fuqarolikni huquqiy tartibga solish masalalari” (o‘quv qo‘llanma);

“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik” (o‘quv qo‘llanma);

“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik” (o‘quv qo‘llanma).

Kafedra qoshida iqtidorli kursantlar ilmiy to‘garagi tashkil etilgan. O‘quv jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsasida Ichki ishlar vazirligining tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalari, shuningdek yetakchi ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

 

 

 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech