Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Avtomaktablar xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi

Avtomaktablar xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi akademiyaning mustaqil tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

Markaz faoliyati avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan shug‘ullanuvchi ta’lim tashkilotlarining o‘qituvchi va haydovchi-yo‘riqchilarini shartnoma asosida qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishga qaratilgan.

Markazning vazifalari:

ta’lim tashkilotlari o‘qituvchi va haydovchi-yo‘riqchilarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish;

qonunchilik hujjatlari, pedagogika, yo‘l harakati xavfsizligi va avtomobil transporti ekspluatatsiyasi sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijalarini ta’lim tashkilotlari o‘qituvchi va haydovchi-yo‘riqchilarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish jarayoniga joriy etish;

ta’lim tashkilotlari o‘qituvchi va haydovchi-yo‘riqchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqish;

ta’lim tashkilotlari o‘qituvchi va haydovchi-yo‘riqchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha zamonaviy talablarga javob beradigan yangi avlod o‘quv rejalari va dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va o‘quv-metodik majmualar ishlab chiqish;

ta’lim tashkilotlari o‘qituvchi va haydovchi-yo‘riqchilarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani umumlashtirish hamda faoliyatga tatbiq qilish;

qayta tayyorlash va malakani oshirish tizimini samarali tashkil etish.

Markaz quyidagi tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan:

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati;

Transport vazirligi Avtomobil transporti kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti;

Toshkent davlat transport universiteti;

Jamoat xavfsizligi universiteti,

Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti;

“Avtotest Report” mas’uliyati cheklangan jamiyati;

“Transkasb” korxonalar uyushmasi;

Toshkent avtomobil va yo‘llar texnikumi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech