Diqqat! Sayt sinov rejimida
Рус Ўзб O'z En

Kriminologiya kafedrasi

Kriminologiya kafedrasi akademiyaning mutaxassis kadrlar tayyorlash faoliyatiga ko‘maklashib kelayotgan tarkibiy tuzilma sanaladi.

Kafedra tomonidan o‘qitiladigan fanlar:

kriminologiya;

korrupsiyaga qarshi kurashish asoslari;

viktimologiya.

Kafedra professor-o‘qituvchilari chop etgan adabiyotlar:

“Kriminologiya” (darslik);

“Kriminologiya. Umumiy qism” (darslik);

“Kriminologiya. Maxsus qism” (darslik);

“Viktimologiya” (darslik);

“Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining kriminologik tavsifi va oldini olish” (monografiya);

“Korrupsiya: sabablari, shart-sharoitlari, oqibatlari va oldini olish yo‘llari” (monografiya);

“Ayollar jinoyatchiligining jinoyat-huquqiy va kriminologik muammolari” (monografiya);

“Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining kriminologik tavsifi va oldini olish” (o‘quv qo‘llanma);

“Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha “fuqarobay” ishlash metodikasi” (metodik qo‘llanma);

“Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha hudud metodikasi” (metodik qo‘llanma);

“Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning barvaqt oldini olish bo‘yicha hudud metodikasi” (metodik qo‘llanma);

“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida oila-turmush doirasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish” (metodik qo‘llanma);

“Ichki ishlar organlarida korrupsiyani oldini olish va xodimlarda korrupsiyaga qarshi xulq-atvorni shakllantirish” (ma’ruzalar kursi). 

Kafedra qoshida iqtidorli kursantlar ilmiy to‘garagi tashkil etilgan. O‘quv jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsasida Ichki ishlar vazirligining tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalari, shuningdek yetakchi ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech