Yurtimizda ona tilimizni asrab-avaylash va qadrlashga yuksak e’tibor qaratilyapti. Bu yo‘ldagi ezgu ishlarda yosh avlod vakillari ham faol hissa qo‘shmoqda.
Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Ona tili – milliy o‘zlik va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik” mavzusida intellektual bellashuv o‘tkazildi. Bilimlar bahsida kunduzgi ta’lim o‘quv kurslarida tahsil olayotgan kursantlardan iborat jamoalar uch shart bo‘yicha o‘zaro bellashdi.
Hakamlar hay’ati yoshlarning bilim salohiyati, ma’naviy dunyoqarashi, ayniqsa ona tilimizga bo‘lgan sadoqatini qay darajada namoyon etishlarini berilgan shartlar yordamida baholab borishdi. Qiziqarli sahna ko‘rinishlari va savol-javoblarga boy o‘tgan intellektual bellashuv yakunida 3-bosqich kursantlarining “Yuristlar” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati