Diqqat! Sayt sinov rejimida

Yangiliklar

Malaka oshirish kurslari yakunlandi

23 Noyabr 2021, 08:11

107

Avval xabar berilganidek, joriy yilning 14-21-noyabr kunlari Turkiya Respublikasi IIVning Xavfsizlik bosh direksiyasi o‘quv markazida o‘zbekistonlik ichki ishlar organlari xodimlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilgan edi.

O‘quv kursi davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida inson resurslarini boshqarish, tizim uchun professional kadrlar tayyorlash mexanizmlari, xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, o‘rta va yuqori bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash, soha xodimlarining ma’naviy-axloqiy va psixologik tayyorgarligini ta’minlash, istibqolli kadrlar zaxirasini yaratish, inson resurslarini boshqarishda zamonaviy standartlarni qo‘llash bo‘yicha ma’ruzalar o‘tkazildi. Mashg‘ulot va seminar-treninglar Turkiya IIV Xavfsizlik bosh direksiyasi politsiya akademiyasining tajribali mutaxassislari tomonidan olib borildi.

Shuningdek, o‘quv kursi ishtirokchilari politsiya uchun professional kadrlar tayyorlash borasida Turkiya IIV Xavfsizlik bosh direksiyasi politsiya akademiyasining tajribasini o‘rganib, Xavfsizlik bosh direksiyasi, Turkiya milliy politsiya akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Global sharoitda zamonaviy tahdidlarni bartaraf etish, jamoat tartibi va xavfsizlikni ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, kiberjinoyatlarning oldini olish borasida ilg‘or yondashuv va fikrlar almashildi.  O‘quv kurslari yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech