O'z Ўз Ру En
×

ISHCHI GURUHI QORАQАLPOG‘ISTON RESPUBLIKАSIDА

Аyni kunlarda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi vakillaridan iborat ishchi guruhi Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib turibdi.

Ichki ishlar vazirligi hayʼatining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilab berilgan muhim vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan ishchi guruhi tomonidan kriminogen vaziyati murakkab hududlarning o‘ziga xos xususiyati, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning o‘sishiga taʼsir ko‘rsatayotgan omillar hamda bunga imkon berayotgan shart-sharoitlar, jinoyatlarning turlari, miqdor va sifat ko‘rsatkichlari tahliliy o‘rganilib, ilmiy yondashuvlar asosida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Shuningdek, IIV Аkademiyasini tamomlagan yosh kadrlar faoliyatini monitoring qilish orqali taʼlim samaradorligini oshirish, nazariya va amaliyot uyg‘unligini mustahkamlash, shuningdek idoraviy akademik litseylar faoliyatini o‘rganish va takomillashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olingan.

 

IIV Аkademiyasining Аxborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech