Akademiyaning sirtqi ta’lim yo‘nalishiga huquqni muhofaza qiluvchi organlarda kamida uch yillik ish stajiga ega oliy hamda o‘rta maxsus ma’lumotli xodimlar qabul qilinadi.
O‘qishga qabul qilish ochiqlik mezonlari asosida o‘tkaziladigan test sinovlari hamda yakka tartibdagi suhbat orqali amalga oshiriladi. Sirtqi ta’lim shakliga qabul qilingan xodimlarga tinglovchi maqomi beriladi.
Sirtqi ta’limda o‘qish muddati oliy ma’lumotga ega xodimlar uchun 3 (uch) yil, o‘rta maxsus ma’lumotga ega xodimlar uchun esa 4 (to‘rt) yil etib belgilangan. Sirtqi ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilariga “huquqbuzarliklarni oldini olish va fosh etish faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha “yurist” malakasi beriladi.