O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining axborotnomasi – ilmiy-amaliy, huquqiy nashr bo‘lib, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Unda yuridik fanni rivojlantirish, jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashishning dolzarb muammolari, huquqbuzarliklarning oldini olish, ichki ishlar idoralari uchun kadrlar tayyorlashni takomillashtirish va shu kabi boshqa masalalar yoritiladi. Axborotnoma, shuningdek, o‘z muxlislarini yangi nashrdan chiqqan yuridik adabiyotlar, Akademiyada o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlar, seminarlar hamda boshqa ilmiy tadbirlar bilan tanishtirib boradi. Ushbu nashr sahifalarida Akademiyaning professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari bilan bir qatorda mamlakatimizdagi nufuzli oliy ta’lim va ilmiy muassasalarning yetakchi olimlari, tadqiqotchilarining maqolalari ham e’lon qilinadi.
2021
2020
2019 2018 2017
2016 2015 2014
2013
2012
2011
2010