O'z Ўз Ру En
×

O‘quv jarayonini tashkil etish va muvofiqlashtirish boshqarmasi

Ushbu tarkibiy tuzilma 1965 yil­da o‘quv bo‘limi sifatida tashkil etilgan. 2017 yilda bo‘limga O‘quv jarayonini tashkil etish va muvofiqlashtirish boshqarmasi maqomi berildi va faoliyat doi­rasi yanada kengaytirildi. Jamoaga turli yillarda N.Ojiganov, V.Kuznetsov, R.Magde­ev, V.Moskalenko, V.Guryanov, Sh.Qobilov, N.Muhammadiyev, A.Tadjiyev va A.Pardiyevlar rahbarlik qilishdi.

Boshqarma ichki ishlar organlari uchun yetuk mutaxassislar tayyorlashga yo‘nalti­rilgan o‘quv jarayonini tashkil etish hamda nazorat qilish, kafedralar va boshqa oliy o‘quv yurtlarida ta’lim sohasida olib bo­rilayotgan ishlarni umumlashtirish, tah­lil etish hamda ta’limning takomillash­gan shakl va metodlarini, shuningdek ichki ishlar organlari amaliyoti tajribalarini o‘quv jarayoniga tatbiq etish, o‘quv jarayoni­ning metodik ta’minoti bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirish, o‘quv jarayoniga yangi ta’­lim texnologiyalari va o‘qitishning zamonaviy vositalari, shuningdek ichki ishlar organlari hamda hamkorlik olib borilayotgan xorij ta’­lim muassasalarining ilg‘or tajribalarini joriy etish; professor-o‘qituvchilar tarkibi­ning kasbiy mahoratini oshirib borish; o‘quv va metodik masalalar bo‘yicha boshqa turdosh va fuqarolik oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni tashkil etish va muvofiqlashti­rish vazifalarini bajaradi.

Boshqarmaning asosiy funksiyalari:

o‘quv jarayonini rejalashtirish;

davlat ta’lim standartlari va namuna­viy o‘quv dasturlari asosida ish o‘quv rejala­ri, o‘quv rejasining yillik jadvali, darslar jadvallarini ishlab chiqish;

o‘quv mashg‘ulotlari, kirish imtihonla­ri va yakuniy davlat attestatsiyalarining jad­vallari hamda ochiq va namunaviy mashg‘ulot­larning umumiy jadvallarini ishlab chiqish, ularning ijro etilishini nazorat qilish;

o‘quv jarayonini muvofiqlashtiruvchi va tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar loyiha­lari (nizomlar, yo‘riqnomalar, buyruqlar va hokazolar)ni ishlab chiqish;

kursantlar va tinglovchilarning mashg‘u­lotlarni o‘zlashtirish darajalari hamda da­vomatini tahlil qilish;

o‘quv jarayonlarini tashkil etish va takomillashtirish, professor-o‘qituvchi­lar hamda kursantlar mehnatini rag‘batlan­tirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

o‘quv jarayonini nazorat qilish bo‘yicha rejalar va jadvallar ishlab chiqish, ular­ning ijro etilishini ta’minlash;

pedagogik nazoratning holati va na­tijalarini tahlil qilish va faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish;

auditoriya fondini to‘g‘ri va oqilona taqsimlash;

kafedralarning o‘quv va metodik ish fa­oliyatini muvofiqlashtirish, uning holatini o‘quv yili natijalari bo‘yicha tahlil qilish;

kafedralarda professor-o‘qituvchi­larning o‘quv yuklamalari taqsimotini, ularning o‘quv yilida akademik o‘quv yukla­malari bajarilishi bo‘yicha umumiy hiso­botini tahlil qilish;

kafedralar o‘quv-metodik kabinetla­rining ish faoliyatini muntazam ravishda nazorat qilish;

boshqa tarkibiy tuzilmalar bi­lan hamkorlikda professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv-metodik yig‘ilishlari, konferensiyalari va seminarlari hamda ka­fedralar o‘quv-metodik faoliyatini tashkil qilish;

o‘quv jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalar, metodlar, o‘qitish­ning yangi shakl va vositalari, ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari amaliy faoli­yati bo‘yicha ilg‘or tajribalarga oid pedagogik tadqiqotlar natijalarining tatbiq etili­shini ta’minlash;

ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rga­nish, umumlashtirish va joriy etilishini ta’minlash;

kafedralar tomonidan o‘tkaziladigan ochiq darslar, oraliq va yakuniy nazoratlar hamda mashg‘ulotlarni pedagogik nazorat qilish;

o‘quv jarayonlarining holati bo‘yicha kursantlar va tinglovchilarning fikrlari­ni o‘rganib, monitoring qilib borish, pro­fessor-o‘qituvchilarning pedagogik faoliya­ti hamda ijodiy ishlarini tahlil etishdan iborat.

 

Hozirgi paytda boshqarma tarkibida ikkita bo‘lim va bitta guruh faoliyat ko‘r­satmoqda. O‘quv jarayonini rejalashtirish va muvofiqlashtirish bo‘limi yangi pedagogik texnologiyalar va davlat ta’lim standarti talablarini o‘quv jarayoniga joriy etish, professor-o‘qituvchilar tarkibining taq­simoti hamda kafedralarda o‘quv yili va semestrlar bo‘yicha o‘quv yuklamalarining bajarilishini nazorat va tahlil qilish, kunduzgi ta’lim kursantlari uchun barcha turdagi o‘quv mashg‘ulotlarini samarali o‘t­kazish maqsadida tashkil etilgan.

 

Bo‘limning asosiy vazifasi ta’lim jarayoniga amaldagi o‘quv rejalari, Ilmiy kengash qarorlari, Akademiya rahbariya­tining ko‘rsatmalari, yangi o‘quv rejalari ishlab chiqilishini tashkil etish, o‘quv yuklamalari, oraliq va yakuniy nazorat hamda Yakuniy davlat attestatsiyasi komis­siyasi jadvallarini tuzish, o‘quv yiliga mo‘ljallangan asosiy tashkiliy tadbirlar rejasi, pedagogik nazorat va mashg‘ulotlar­ga o‘zaro qatnashish hamda umumakademik ochiq mashg‘ulotlar jadvallarini tuzish­dan iborat.

 

O‘quv jarayonini monitoring qilish bo‘limining vazifasi kunduzgi ta’lim kur­santlarining davomati, o‘quv fanlarini o‘z­lashtirish borasida ma’lumotlar to‘plash, ularni tahlil va nazorat qilish, Yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari faoliyati­ni tashkil etishga doir tadbirlarni amal­ga oshirish, o‘quv rejasining bajarili­shi hamda mustaqil ta’lim soatlarining samarali tashkil etilishini ta’minlash, Akademiya rahbariyatining ko‘rsatmalarini professor-o‘qituvchilar va kursantlarga yet­kazishdan iborat.

 

O‘quv jarayonini tahlil qilish guruhi­ning asosiy vazifasi ta’lim-tarbiyaga oid faoliyatni tizimli tahlil etish va bashorat qilish, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, ularning oldini olish soha­sida qonunchilik va huquqni qo‘llash amali­yotini takomillashtirishga doir takliflar, xizmat faoliyati samaradorligini ta’min­lash bo‘yicha kompleks boshqaruv qarorlari ishlab chiqish, tarkibiy tuzilmalar faoliya­tining nazorat qilinishi va kompleks tekshi­rilishini tashkil etish hamda ta’lim-tar­biya jarayoniga ta’sir ko‘rsatayotgan sabablar va sharoitlarni bartaraf qilish borasida chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iboratdir.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech