O'z Ўз Ру En
×

O‘quv poligoni

1974 yili Toshkent viloyatida oliy maktabning harbiy dala o‘quv marka­zi barpo qilingan. Markaz o‘shanda har­biy va jismoniy tayyorgarlik kafedrasi tarkibida bo‘lib, unga kafedra boshlig‘i G.Vasilev boshchilik qilgan. Qisqa fur­satda maskanda bilim oluvchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. Oliy maktab Akademiya maqomini olgach, o‘quv markazi boshlig‘i va uning o‘rinbosari la­vozimlari joriy qilindi. O‘quv-moddiy baza butunlay yangilandi: 4 ta yotoqxona, 650 o‘rinli oshxona, saf maydoni va nazo­rat-tekshiruv punkti yangidan qurilib, ishga tushirildi.

O‘quv poligonining asosiy vazifalari:

- tinglovchi va kursantlarning tegishli mutaxassislik (yo‘nalish)lar bo‘yicha tayyorgarliklarini takomillashtirish;

- ta’limning sifatini oshirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali ta’lim oluvchilarni amaliy faoliyatga yo‘naltirish;

- mutaxassislik fanlari bo‘yicha mashg‘ulotlarni nazariya va amaliyot­ning bevosita aloqadorligi hamda real tezkor-xizmat vaziyati muhitida o‘tka­zish uchun shart-sharoitni ta’minlash;

- mutaxassislik (yo‘nalish)lar bo‘yicha qat’iy kasbiy mahorat va ko‘nikmalar hosil qilish;

- ichki ishlar organlarining tegishli tezkor-xizmat, kasbiy va boshqa vazifala­rini bajarishda boshqa sohaviy xizmat­lar bilan hamkorlikni tashkil etish ko‘­nikmalarini shakllantirish;

- tinglovchi va kursantlarning ichki ishlar organlari amaliyotidagi xizmat vazifalarini bajarishga moslashish muddatini qisqartirish;

- ichki ishlar organlari xizmati­ning obro‘sini yuksaltirish va uni om­malashtirishdan iborat.

Akademiya o‘quv poligonida zamo­naviy xalqaro harbiy standartlarga javob beruvchi, xavfsiz «Sendvich» pa­nellaridan iborat konstruksiyali, yilning barcha mavsumlarida xona ha­roratini bir me’yorda saqlab turadi­gan va yangi texnologiyalar yordamida qurilgan «Modul» kazarmalar hamda o‘quv binosi; qo‘l jangi mashg‘ulotlari­ni o‘tkazishga mo‘ljallangan yopiq majmua va zamonaviy sport shaharchasi; uchta ma’ruza zali, axborot-resurs mar­kazi, psixologik yordam ko‘rsatish va ma’rifat xonalari; jangovar (tabel) o‘qotar qurol va sport qurollaridan o‘q otish mashqlarini bajarish uchun ochiq o‘q otish maydoni; tibbiyot punkti, tez­kor shtab va boshqa inshootlar mavjud.

O‘quv poligoniga turli yillarda E.Niyozaliyev, M.Sidiqov, K.Saidov, A.Andamurodov, K.Sharipov, D.Sattarov rahbarlik qilganlar. Hozirgi paytda o‘quv poligoni­ning boshlig‘i – podpolkovnik M.Esh­nazarov.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech