Diqqat! Sayt sinov rejimida

O‘quv-saf qismi

      O‘quv-saf qismi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Umum harbiy nizomlari, Ichki ishlar vazirligi va Akademiya boshlig‘ining buyruq hamda farmoyishlari asosida olib boradi.

      Ushbu tarkibiy tuzilmaning maqsadi kursantlarning jismoniy va jangovar tayyorgarligi, tarbiyasi, intizomi va axloqiy-ruhiy ko‘nikmalarini shakllantirish hamda o‘quv-saf qismi shaxsiy tarkibining jangovar va safarbarlik shayligini ta’minlashdan iborat.

      Asosiy vazifalari:

ichki ishlar organlari uchun zamonaviy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni puxta egallagan oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash;

kursantlarning belgilangan kun tartibi, xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilishini ta’minlash, ularning ta’lim olishi va yashashi uchun munosib shart sharoitlarni yaratish;

kursantlarda ona Vatanimizning kelajagi yo‘lida vijdonan va halol mehnat qilish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish singari yuksak kasbiy, axloqiy ruhiy va jangovar fazilatlarni shakllantirish;

yoshlarning o‘z xizmat qasamyodi va burchiga sadoqatini, shaxsiy mas’uliyat hissini kuchaytirish;

kursantlar orasida turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish orqali jamoada ijobiy muhitni yaratish;

kursantlarning intellektual salohiyati va iqtidoridan kelib chiqib ularni ilmiy, badiiy va sport to‘garaklariga jalb etish;

ofitserlar bilan kursantlar o‘rtasida oshkoralik, ishonch va adolat mezonlarini qaror toptirish va boshqa.

      O‘quv-saf qismi boshlig‘iga uning tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, kurs boshliqlari va ofitserlari bo‘ysunadi. Shuningdek, ta’lim muassasasida bilim olayotgan kursant qizlar uchun alohida otryad tashkil etilgan. O‘quv kurslari xizmat faoliyatini Akademiya boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan kun tartibiga qat’iy rioya qilingan holda tashkillashtiradi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech