O'z Ўз Ру En
×

Saf qismi

1974 yili Toshkent oliy militsiya mak­tabida ilk bor Saf qismi tashkil etilgan. Turli yillarda polkovnik A.Doroxov, pol­kovnik V.Yusupov polkovnik G‘.Alimov, pol­kovnik Z.Najmiddinov, general-mayor H.Ho­jimatovlar ushbu tarkibiy bo‘linmaga rah­barlik qilganlar.

2004 yili Saf qismi negizida o‘quv kurslari tashkil etildi. Bir necha yil uni polkovnik I.Ikramov, polkovnik J.No­sirov, polkovnik A.Ilxamov, polkovnik A.Egamberdiyev, polkovnik A.Abdurahmonov, podpolkovnik O.Nurmetov, R.Otajonovlar boshqarishdi. Shuningdek, Saf qismi o‘quv kurslari boshlig‘i lavozimida N.Saidov, F. Stepanov, S.Nam, N.Jdanov, G.Axundjanov, M.Jumayev, M.Ursaki, F.Jo‘rayev, T.Yulchiyev, M.O‘tayev, I.Matmusayev, R.Omonov, I.Niyozov, S.Mansurov, R.Otajonov, Z.Xoliqov, Z.Ha­sanov, S.Isomiddinov, B.Quvondiqov, M.O­chilov, Ch.Egizbekov, D.Aloutdinov faoliyat olib bordilar.

Akademiya Saf qismi o‘z faoli­yatini O‘zbekiston Respublikasining Umumharbiy nizomlari, Ichki ishlar vazirligi va Akademiya boshlig‘ining buyruq hamda farmoyishlari asosida olib boradi. Saf qismining maqsadi ichki ishlar organlari uchun zarur bi­lim, amaliy ko‘nikma va yetuk malakaga ega oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash jarayonida kursantlarning jismoniy va jangovar tayyorgarligi, tarbiyasi, intizomi va axloqiy-ruhiy ko‘nikmalarini shakllantirish hamda saf qismi xodimlarining jangovar va safarbarlik shayligini ta’minlashdan iborat.

Saf qismining asosiy vazifalari:

- ichki ishlar organlari uchun zamona­viy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni puxta egallagan oliy ma’lumotli muta­xassislar tayyorlash;

- kursantlarning belgilangan kun tar­tibi, xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilishini ta’minlash, ularning ta’lim olishi va yashashi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish;

- kursantlarda ona Vatanimizning kelajagi yo‘lida vijdonan va halol mehnat qilish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat etish singari yuksak kasbiy, axloqiy-ruhiy va jangovar fazilatlarni shakllantirish;

- yoshlarning o‘z xizmat qasamyodi va burchiga sadoqatini, shaxsiy mas’uliyat hissini kuchaytirish;

- kursantlar orasida turli mada­niy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish orqa­li jamoada ijobiy ruhiy muhit yaratish;

- kursantlarning intellektual sa­lohiyati va iqtidoridan kelib chiqib ularni ilmiy, badiiy va sport to‘garaklariga jalb etish;

- ofitserlar bilan kursantlar o‘rta­sida oshkoralik, ishonch va adolat qoida­larini qaror toptirish va boshqalar.

 

Akademiya Saf qismi boshlig‘iga uning tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbo­sari, kurs boshliqlari va ofitserlari bo‘ysunadi. Ta’lim muassasasida bilim olayotgan kursant qizlar uchun alohida ot­ryad tashkil etilgan. O‘quv kurslari xizmat faoliyatini Akademiya boshlig‘i tomonidan tasdiqlan­gan kun tartibiga qat’iy rioya qilgan holda tashkil etadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech